Dunyoda

Yilning eng xavfsiz avtomobillari aniqlandi - video

© AP Photo / Jae C. HongAvtomobil Hyundai Nexo
Avtomobil Hyundai Nexo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mustaqil baholovchilar avariya vaqtida omon qolish mumkin boʻlgan eng yaxshi mashinalar tanlab olindi.

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Yevropa mustaqil Euro-NCAP kompaniyasi 2018 yilda oʻtkazilgan krash-test natijalariga koʻra eng xavfsiz boʻlgan avtomashinalarning nomini maʼlum qildi.

Eng yaxshi modellar turli sinovlarda toʻplangan ballar asosida 4 ta toifada tanlab olindi.

Ekspertlar “Katta oilaviy avtomobil” va “Gibridlar va elektrokarlar” toifalarida Lexus ES 300h sedan avtomobili gʻolib deb topishdi. Bu avtomobil haydovchi va katta yoshdagi yoʻlovchilar xavfsizligi boʻyicha - 91 foiz, bolalar xavfsizligi – 87 foiz, yoʻlovchilar xavfsizligi – 90 foiz toʻpladi. Mavjud qurilmalarning ishini 77 foiz deb baholandi.

“Kichik oilaviy avtomobil” toifasida Mercedes-Benz A-sinf xetchbek avtomobili gʻoliblikka loyiq deb topildi. Bu avtomobil haydovchi va katta yoshdagi yoʻlovchilar xavfsizligi boʻyicha - 96 foiz, bolalar xavfsizligi – 91 foiz, yoʻlovchilar xavfsizligi – 92 foiz toʻpladi. Xavfsizlik qurilma - 75 foizga baholandi.

“Katta krosover” toifasida gʻalabani Hyundai Nexo qoʻlga kiritdi: haydovchi va katta yoshdagi yoʻlovchilar xavfsizligi boʻyicha - 94 foiz, bolalar xavfsizligi – 87 foiz, yoʻlovchilar xavfsizligi – 67 foiz toʻpladi. Xavfsizlik qurilma - 80 foizga baholandi.

Yangiliklar lentasi
0