Qoʻl choʻzganga qamoq: Oʻzbekistonda tilanchilik taʼqiqlanmoqda

© Sputnik / Ruxkyan / Fotobankka oʻtishUlichnыe zarisovki Tbilisi. Bezdomnыy rebenok v perexode.
Ulichnыe zarisovki Tbilisi. Bezdomnыy rebenok v perexode. - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra tilanchilik qilganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish belgilanmoqda

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda tilanchilik qilish qonun bilan taʼqiqlanmoqda. Oliy Majlis Senatida muhokama etilgan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunda bu oʻz ifodasini topgan, deb xabar qildi OʻzA.

Ichki ishlar organlari tomonidan birgina Toshkent shahrida oxirgi bir yil davomida 5 mingdan ortiq shaxs tilanchilik qilish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlangan va reabilitatsiya markaziga olib borilgan.

Poproshayka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tilanchilik bilan shugʻullanganlarga qamoq jazosi berilishi mumkin

Mazkur shaxslarning 4 mingdan ortigʻini xotin-qiz, shu jumladan, 3 mingdan ortigʻini yosh bolali ayol, 100 nafarga yaqinini nogironligi boʻlgan erkak hamda 500 nafarga yaqinini keksa yoshdagilar tashkil qilgan.

Tilanchilik ayrimlar uchun mehnat qilmay daromad topish manabiga aylangan. Yoʻllarda tilanchilik qilishni odat qilib olganlar nafaqat oʻz hayoti, balki transport vositaari harakatlanishiga ham xavf tugʻdirib kelmoqda.

Qonun bilan "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida"gi kodeksning 1883-moddasida tilanchilik qilganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish belgilanmoqda. 

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 1271-moddasi tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Mazkur qoʻshimchalar tilanchilik qilganlik uchun, shu jumladan tilanchilik qilishda voyaga yetmagan yoki nogironligi boʻlgan shaxslardan foydalanganlik yoki ularni jalb qilib yoxud oʻzini nogironligi boʻlgan shaxs sifatida koʻrsatib, shuningdek chaqaloqlar va yosh bolalarga hamda boshqa voyaga yetmaganlar, nogironligi boʻlgan shaxslarga giyohvandlik yoki psixotrop, shuningdek kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan boshqa vosita va moddalarni isteʼmol qildirgan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlik masalasi belgilanmaganligi uchun joriy etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala