Mirziyoyev yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

© Press slujbaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kongressa SShA
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kongressa SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodiga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga kelib, G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Korxona Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaradi. Qurilish 2016-yilda boshlangandi. Davlat rahbari 2017-yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur zavodning qurilish maydoniga kelib, uning moliyalashtirilishi, xorijiy texnologiyalar  bilan jihozlanishi, quruvchilar va kadrlar ta’minoti kabi barcha masalalarni chuqur tahlil qilgan edi. 

Bugungi kunda 135 gektardan ziyod maydonda qurilish ishlari olib borilmoqda. Temir-beton poydevorlar qo‘yilib, estakadalar ko‘tarilgan. Ulkan avtokranlar o‘rnatilib, murakkab uskunalarni yig‘ish boshlab yuborilgan.

“Davlatimiz rahbari mutaxassislar, texnika va resurslardan maksimal foydalanib, qurilish-montaj jarayonlarini oqilona muvofiqlashtirib, zavodni ishga tushirishni tezlashtirish, mahsulot ishlab chiqarishni bir kun bo‘lsayam ertaroq yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Zavodni foydalanishga topshirish muddatini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur katta loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard dollari. Uning amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz chuqur qayta ishlanib, YeVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg‘isi, 431 ming tonna neft, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir.  

Yangiliklar lentasi
0