O‘zbekistonda 18 ming oila jamoatchilik vakillari tomonidan yarashtirildi

CC0 / pixabay / Ruki vlyublennix
Ruki vlyublennix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosiy maqsad - jiddiy o‘ylamasdan ajrashishga qaror qabul qilishning oldini olish va farzandlar manfaatlarini himoya qilishdir.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonda oilalarni saqlab qolish, mustahkamlash hamda ajrimlar oldini olish maqsadida faol ishlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi, deb xabar qildi ushbu qo‘mita matbuot xizmati.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - jiddiy o‘ylamasdan ajrashishga qaror qabul qilishning (oilaviy hayotga uchinchi tarafning aralashuvi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik va shunga o‘xshash) oldini olish va eng avvalo, farzandlar manfaatlarini himoya qilishdir.

Sentr pomoshi beremennim i molodim mamam Mamin domik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayollar uchun ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

“Joriy yil davomida 24 ming 53 ta oilalarning 18 ming 97 tasi (75,2 foizi) jamoatchilik vakillari tomonidan yarashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda keltirilishicha, oilada zo‘ravonlik holatlari bo‘lib, ayol hayotiga tahdid solsa, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, oila qonuniy ajrashtiriladi va ayol va farzandlar manfaatlari ta’minlanadi.

Shuningdek, joylarda FHDYo organlari qoshida “Oila dorilfununlari” tashkil qilinib, ularda nikohlanuvchi yoshlar uchun 1 oylik o‘quvlar tashkil qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0