Tramp tanga tashlashi internet foydanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi

© AFP 2023 / Jim WatsonPrezident SShA Donald Tramp v Biloksi, shtat Missisipi
Prezident SShA Donald Tramp v Biloksi, shtat Missisipi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet foydalanuvchilari sport o‘yinlarining birida tavsirga olingan videorolikni muhokama qilishmoqda. Qiziqarlisi shundaki, Amerika prezidenti ushbu musobaqada ishtirok etgan.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp amerikaliklar va butun dunyoni yana bir bor kuldirdi.

Twitter sahifasida joylashtirilgan videorolikda harbiy oliygoh jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini boshlanishi oldidan Donald Tramp qur’a tashlash uchun havoga tanga tashlaydi.

Uning bu tanga tashlashi tomoshabinlarning kulgisiga sabab bo‘ladi.

​Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari to‘xtamasdan turli mazmundagi izohlarni yozishmoqda.

“Pari kabi sehrli chang uchqunlarini har tarafga tashlamoqda”, - deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Boshqasi esa prezidentning harakatlariga qaraganda, u xat tashuvchi kaptarni erkinlik qo‘yib yubordi, deb izoh yozgan.

Uchinchi foydalanuvchining fikriga ko‘ra, Amerika prezidenti hafta davomida mashq qilgan.

Yangiliklar lentasi
0