Putin kim prezident bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, har qanday kasb egasi prezident bo‘lishi mumkin. Muhimi, bunga butun umrini baxshida qilishi kerak.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavldagi “ProyeKTOriYa” Butunrossiya forumidagi ochiq darsi vaqtida prezident bo‘lish uchun qaysi kasb egasi bo‘lish kerakligi haqida gapirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, har qanday kasb egasi prezident bo‘lishi mumkin. Biroq, muhimi, buning uchun butun umrini baxshida qilishga tayyor bo‘lishi kerak.

7 maya 2018. Izbranniy prezident RF Vladimir Putin vo vremya seremonii inauguratsii v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Rossiya men ketgandan keyin ham yaxshi tomonga o‘zgarishda davom etadi

Asosan, yuridik yoki iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan, jamiyat va odamlar o‘rtasidagi muloqot qonunlarini yaxshi bilgan insonlar davlat va hukumat rahbari bo‘lishadi.

“Lekin asosiysi bu emas - umuman, asosiysi boshqa narsa. Inson shunga o‘xshash kasbni tanlayotganda, u o‘zi uchun asosiy vazifani belgilab olishi kerak – umrini yoki hayotining katta qismini tanlagan ishiga butunlay bag‘ishlashga tayyormi. Butunlay”, - dedi Putin.

Bundan tashqari, Putin so‘zlariga ko‘ra, prezident shifokorlarning "Ziyon yetkazma" qoidasi asosida faoliyat olib borishi kerak. Shuningdek, albatta, vijdonli inson ham bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0