Vinogradov: O‘zbekiston cho‘lga aylanmaslik uchun suv omborlarini qurmoqda

© Foto : Iz lichnogo arxiva Sergeya VinogradovaSergey Vinogradov
Sergey Vinogradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston nega yettita yangi suv omborlarini qurmoqchi va bunda qanday nozik jihatlarni e’tiborga olish kerak? Shotlandiyadagi Dandi universiteti energetika, neft va tog‘ huquqi va siyosat Markazi professori, xalqaro-yurist Sergey Vinogradov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida gapirdi

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. O‘zbekiston cho‘lga aylanmaslik uchun suv omborlarini qurmoqda, dedi Sputnikka bergan intervyusida professor Vinogradov.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan suv obyektlarining aksariyat qismi Amudaryo darosida qurilishi mumkin. Bunga ikki omil sababdir: birinchidan, suv arteriyasi quyi qismida joylashgan O‘zbekiston suv omborlarini qurish masalasini hech kim bilan kelishmasdan hal etishi mumkin, ikkinchidan esa - bu kelgusida quriladigan gidromoslamalar uchun eng yirik suv manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Kelgusi yil O‘zbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev

"Mening tasavvurimga ko‘ra, bu suv saqlash, yerlarni sug‘orish, balki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ko‘pfunksional obyektlar bo‘ladi. Manbalarga keladigan bo‘lsak, respublika hududida Amudaryo suvi ko‘p miqdorda to‘planganligini eslay olmayman. Demak, bu regionda yog‘ingarchilik bo‘lishiga ko‘pam umid qilmasa bo‘ladi. Shu bois, suv manbai bitta - bu suv arteriyasi", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Bunday qurilishning ekologik va hatto siyosiy asoratlari haqida gapirar ekan, Vinogradov ushbu loyihalar ekspertizasi yoki o‘tkazib bo‘lingani, yoki albatta bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Aniq prognoz uchun ko‘proq detallarni bilish kerak, masalan suv havzalarining hajmi, ularning nima mo‘ljallangani va ish tartibi, deydi u.

"Suv omborlari - neytral obyektlar hisoblanadi. Agar mamlakatlar ulardan umumiy reja asosida, bir-birining manfaatlarini hisobga olgan holda foydalansa, u holda bu ziddiyatni to‘liq yechmasa-da, ammo suv masalasi borasida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklarni biroz yumshatishga xizmat qiladi", - dedi ekspert.

Eng muhimi, deb qo‘shimcha qildi u, bu regionni muntazam suv bilan ta’minlab, Orol dengizi fojeasidan zarar ko‘rgan O‘zbekistonning alohida viloyatlariga qayta hayot baxsh etadi.

Ekspert izohini to‘liq shaklda Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Vinogradov: Uzbekistan stroit vodoxranilisha, chtobi ne stat pustiney
Yangiliklar lentasi
0