Farg‘onada nogiron o‘quvchilarni aldagan firibgar sud qilindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfli retsidivist kollej o‘quvchilariga o‘zini turli mamlakatlarda malaka oshirib kelgan shifokor sifatida tanishtirgan va ulardagi jismoniy nuqsonlarni davolash yo‘li bilan bartaraf etish mumkinligi haqida aytib aldab, o‘quvchi va ularning ota-onalaridan turli miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Farg‘ona shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Mahmud Parpiyev firibgarlikka qo‘l urdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot-xizmati.

Parpiyev muqaddam ham bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish jinoyatini sodir etgan, deyiladi xabarda.

Nogiron - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti nogironlarni qo‘llab-quvvatlash haqida qaror imzoladi

Firibgar 2017-yil sentabr oyidan 2018-yil yanvar oyiga qadar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejida tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab keldi.

"Xavfli retsidivist bo‘lgani holda mazkur kollejning o‘quvchilariga o‘zini turli mamlakatlarda malaka oshirib kelgan shifokor sifatida tanishtiradi. Ulardagi jismoniy nuqsonlarni davolash yo‘li bilan bartaraf etish mumkinligi haqida aytib aldab, o‘quvchi va ularning ota-onalaridan turli miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi", - deyiladi xabarda.

Parpiyev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan aybdor deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat Kodeksi 168-moddasining beshinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-son Qonuni tahririda) hamda Oliy sud Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi "Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi qarorining 26-bandiga ko‘ra jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llashni istisno etadi.

Parpiyevga oid jinoyat ishini sud majlisida ko‘rilishi davomida sudlanuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan 7 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, qonunning jazoni yengillashtiruvchi normalari qo‘llanilib, firibgarga ish haqining yigirma foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0