Obid Asomov: quvnoqlik obrazidagi jiddiy inson

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZaslujenniy artist Uzbekistana Obid Asomov v okrujenii svoix poklonnikov
Zaslujenniy artist Uzbekistana Obid Asomov v okrujenii svoix poklonnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obid Asomov o‘zbek qiziqchilik san’atida o‘z maktabini yaratgan qiziqchi edi. U bu san’atga o‘zining uslubi bilan, yonib kirib keldi. Avvalboshdanoq birovga taqlid qilmadi. Birdan ko‘zga tashlanib, xalq mehrini qozondi

Uning "Obid A" teatri tomoshalari, "Obid shou" ko‘rsatuvi o‘z davrida xalqning eng sevimli tomoshalaridan edi. U qiziqchilik san’atiga millat uchun og‘ir bo‘lgan davrda keldi va ijtimoiy, iqtisodiy muammolar girdobida qolgan xalqning hayotiga biroz bo‘lsa-da rang, yorug‘lik olib kirdi. Buning uchun biz Obid Asomovdan minnatdor bo‘lishimiz kerak. U sertashvish, serg‘alva zamonda xalqni kuldirib, uni hayot muammolaridan chalg‘itdi.

Eng og‘ir davrlarda millat kulgiga ehtiyoj sezadi. Daho qiziqchilar, yumoristlar ham aynan serg‘alva zamonda dunyoga keladi (Chaplin, Tven, Zoshenko, Ilf, Petrov, Julqunboy). Asomovning chekiga ham shunday taqdir tushgan ekan. O‘tish davri va qiyinchiliklar zamonining timsoliga aylandi. Ayniqsa, bugun, abadiylik sari safar qilganda bu yaqqol anglanadi.

Pisatel-yumorist, narodniy artist RF Yevgeniy Petrosan - Sputnik O‘zbekiston
Men shok holatidaman: Petrosan Obid Asomov vafoti haqida

Endi, o‘zining sevimli sohasini topib, bolalar uchun ajoyib multfilmlar yaratishga bel bog‘laganda, ulkan-ulkan rejalar tuzib, ularni amalga oshirish uchun bor kuchini sarflashga kirishganda, afsuski, hayot yakuniga yetdi... "Rizq tugal bo‘lganda hayot tugaydi", deb bitgan edi faylusuf.

Afsus!!!

Hukumat Obid Asomovga ishonch  bildirib, o‘zbek multiplikatsiyasining taqdirini ishonib topshirgan va u yeng shimarib buyuk ishlarga chog‘langan edi. Uni tanigan, bilganlarning ma’lum qilishicha, bu sohaga u butun borlig‘ini bag‘ishlagan. Rejalari katta edi. Yirik saroylarda bolalarni yig‘ib, filmlar taqdimotini o‘tkazayotgan, endi bu tadbirlarni doimiy amalga oshirishga va’dalar bergan edi...

Qiziqchi ko‘p multfilmlarga ovoz berdi, rassom sifatida chizilgan filmlarni yoqtirardi. Doim bolalar yonida turib, o‘zi yaratgan filmlarni tomosha qilishni, ularning quvonchidan sevinib, ularga yoqmagan sahnalarni aniqlab, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni istardi.

Ko‘pincha qiziqchidan muammolar, kamchiliklar, illatlarni fosh etishni talab qilishadi, ulardan shuni kutishadi. Buyam kerakdir, balki, lekin bu bir qadar eski fikr. Qiziqchi muammoni ochishi emas, kulgi orqali xalqning ko‘nglini ko‘tarishi, hayotini yengillashtirishi lozim. Qiziqchisiz ham hayotdan kamchilik va muammo qidirgan ko‘p... Obid Asomov o‘z davrida sahnaga shu maqsadda chiqqan va bunga erishgan ham edi.

Qiziqchi dor ustidagi dorbozga o‘xshaydi. Birov hazilni yoqtiradi, birov esa yoqtirmaydi. Xalq orasida ularning gaplarini har xil talqin qiluvchilar ko‘p. Obid Asomov ham shu kabi holatning "qurboni" bo‘lib, ancha payt sahnadan uzoqlashdi. Lekin xalq unga sodiqligicha qoldi. Uni unutmadi.

Obid Asomov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov vafot etdi

Endi Obid Asomov bilan birga butun boshli davr ham tarixga aylanadi... Bir qarashda uning sahnadan ma’lum muddat uzoqlashganiga ko‘nikkanday edik. Bilyapmizki, unday emas ekan. Biz uning qaytishini bilardik va kutardik. Va u qaytdi...

Endi esa... Biroz og‘ir... Axir biz uchun Obid Asomov degani faqat kulgi, quvnoqlik degani-da... Uning ism-sharifi aytilishi bilanoq har kimning yuziga tabassum yugurardi... Bugun nima bo‘lishidan qat’iy nazar, shundayligicha qoladi.

Bir vaqtning o‘zida uni tanigan, bilganlarning aytishicha, Obid Asomov hayotda o‘ta jidddiy, mulohazali, og‘ir-bosiq inson bo‘lgan. Ha, u butun quvonchni xalqqa ulashib, qayg‘uni yuragiga yig‘ib yurgan ekan. Biz esa bilmaganmiz. Uning o‘zi ham bir-necha bor sahnada turib,  uni hech kim jiddiy qabul qilasligini, hatto yosh bolalar ham uni sensirab "Obid... Obid..." deb ortidan yugurishini biroz afsus bilan aytgan edi.

Biz bilgan Obid Asomov aslida obraz edi... Uni bilgan, taniganlar shunday fikr bildirishadi.

Endi aytsak bo‘ladi: Obid Asomov o‘ta jiddiy inson edi.

Albatta, butun boshli davrni bir qiziqchiga bog‘lash g‘alati tuyuladi, lekin Obid Asomov o‘z davrining ajralmas bo‘lagi edi. Endi u bilan birga qiziqchi yashagan davr ham tarixga aylanib, bizdan uzoqlashishi yanada tezlashadi.

Yangiliklar lentasi
0