Toshkentda yangi yil yarmarkalari ish boshladi

© Sputnik / StringerNovogodnyaya yarmarka na ploshadi v Tashkente
Novogodnyaya yarmarka na ploshadi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining barcha tumanlarida 15-dekabrdan boshlab yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etildi.

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxt bozorlarida bayram oldi yarmarkalari tashkil etildi,  deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

“Joriy yilning 15-dekabridan boshlab Qo‘yliq, Qora-qamish, Yunusobod, Eski juva, Farhod, Oloy, Askiya, Aviasozlar dehqon bozorlarida bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil etildi, - deyilgan xabarda.  

Ushbu yarmarkalarda aholi uchun arzonlashtirilgan narxlarda mahsulotlar sotilmoqda. Yangi yil olididan tashkil etilayotgan bu kabi yarmarkalardan hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari mamnun bo‘lmoqdalar, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0