O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish osonmi

© FbZafar Hoshimov
Zafar Hoshimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish uchun qanday xususiyatlarga ega bo‘lish kerakliga haqida, Zafar Hoshimov mulohazalari.

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. “Korzinka” supermartketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish uchun qanday xususiyatlarga ega bo‘lish kerakligi haqida o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Bizda tadbirkor bo‘lish juda oson. Buning uchun atigi quyidagi sifatlarni o‘zida mujassam qilish kifoya, xolos, - deb yozadi Hoshimov o‘zining telegram kanalida.  

1) Maqsad sari intiluvchan

2) O‘ta qiziquvchan

3) O‘ziga ishongan

4) Sharoitlarga tez moslashuvchan

5) Ustomon

6) Pozitiv

7) Ambitsiyali

8) Aniq fikr, ilm va tasavvurga ega

9) Ishonchli

10) Sabrli

11) Faqat o‘z kuchiga suyanadigan

12) Dadil

13) Dunyo bir kamligini anglagan

14) Kechirimli

15) Yaratuvchan

16) Soniyalarda qaror qabul qila oladigan

Va nihoyat, - deya hazilomuz qo‘shib quygan :

17) Yangi yildan boshlab, ya’ni ikki haftadan so‘ng qay tarzda va qanday soliqlar to‘lashi kerakligini bilmasada, kelajak rejalarini tuza oladigan.

Ko‘rdingizmi, tadbirkor bo‘lish juda oson, demadimmi? ...

Albatta, ushbu ro‘yxatning so‘nggi punkti bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab tadbirkorlarni qiziqtirmoqda. Bir necha oy oldin O‘zbekistonda soliq kodeksining butunlay yangi konsepsiyasi ishlab chiqarilgan edi, lekin u hanuzgacha qabul qilinmagan. Sabab - Hukumat va Parlament yangi soliq kodeksi borasida haligacha yagona xulosaga kelishgani yo‘q. 

Yangiliklar lentasi
0