Alisher Usmonov Moskva muzeyiga noyob qurollar kolleksiyasini sovg‘a qildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMilliarder Alisher Usmanov
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmonovning mazkur kolleksiyasi muzeyning “Qilichbozlik” bo‘limi yangi zalida namoyishga qo‘yiladi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov o‘zining noyob qurollar kolleksiyasini Moskvadagi Sport muzeyiga taqdim etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya Madaniyat vazirligi ekspertlarining bahosiga ko‘ra, kolleksiya Rossiyada ham, xorijda ham o‘ziga xos noyob va yagonadir”, - deyilgan xabarda.

Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonovning kriminalga aloqasi yo‘q: Basman sudi qarori

Kolleksiya tarkibida 25 nusxadagi qilich va nayzalar o‘rin olgan.

Usmonovning mazkur kolleksiyasi muzeyning “Qilichbozlik” bo‘limi yangi zalida namoyishga qo‘yiladi.

Shuningdek, qilichbozlik mahoratiga oid noyob kitoblar to‘plami ham muzeyga hadya etilgan.

Alisher Usmonov "Qilichbozlik kelajagi uchun" Xalqaro xayriya jamg‘armasi ta’sischisidir. Sportning qilichbozlik turini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish – jamg‘armaning asosiy maqsadi.

Alisher Usmonov Putinga butun o‘zbek xalqi nomidan rahmat aytdi˃˃˃

 

Yangiliklar lentasi
0