Dunyoda

Uebster lugʻati 2018 yil soʻzini tanladi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu soʻz internet foydalanuvchilari tomonidan oʻtgan yilga qaraganda 74 foizga koʻproq qidirilgan.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Amerikaning Merriam-Webster lugʻati (Uebster lugʻati) 2018 yilning soʻzi sifatida “adolat” (justice) soʻzini tanladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu soʻz internet foydalanuvchilari tomonidan oʻtgan yilga qaraganda 74 foizga koʻproq qidirilgan.

Sovmestnыy kontsert uchastnikov gruppы Queen i Adama Lamberta - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻtgan asrning eng mashhur qoʻshigʻi maʼlum boʻldi

Lugʻat mualliflari soʻzlariga qaraganda, “adolat” va “adliya” kabi maʼnolarni anglatuvchi justice soʻzi OAVlarda Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga goʻyoki “aralashuvi” sababli yodga olingan.

Shuningdek, eng mashhur soʻzlar oʻntaligidan “millatchilik” (nationalism), “oʻzgacha fikrlovchi” (maverick), “panseksual” (pansexual), “foydasiz” (feckless) kabi soʻzlar oʻrin olgan.

2017 yilda Merriam-Webster talqiniga koʻra “feminizm” yil soʻziga aylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala