Jamiyat

Oʻzbekistonda bir necha kun davomida qor yogʻadi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib, 18-20 dekabr kunlari yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, yaqin kunlarda Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa hududlarida qor yogʻishi kutilmoqda.

Snegopad v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Toshkentda kuchli yomgʻirdan soʻng qor yogʻmoqda

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 21 dekabr kuni esa yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Faqatgina 19 dekabr kuni baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja boʻladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18 va 21 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. 19-20 dekabr kunlari baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0...+5, 18 dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21 dekabr kunlari  +5...+10 daraja iliq boʻladi.

Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston ayrim hududlarida qor yogʻib, tuman tushadi

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, 21 dekabrda esa yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, 21 dekabrda esa yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati 18-19 dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21 dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala