Jamiyat

Avtomobillarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Yengil avtomobillar qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xorij avtomobillaridan bojxona toʻlovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

Mazkur nizomga koʻra, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, yaʼni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs boʻladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Avtomobil Hyundai Nexo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yilning eng xavfsiz avtomobillari aniqlandi - video

- pasport;

- haydovchilik guvohnomasi;

- tibbiy koʻrikdan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma;

- garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan soʻng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala