Jamiyat

Besh yuzdan ortiq qorbobolar Toshkent koʻchalariga chiqishdi

© Sputnik / StringerDed Moroz i snegurochka na ploщadi v Tashkente
Ded Moroz i snegurochka na ploщadi v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Qorbobolar 31 dekabrgacha qadar poytaxtning barcha tumanlarida istiqomat qiluvchilarni bayram bilan tabriklaydilar.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Kecha, 16 dekabr kuni Toshkent shahrining “Xalqlar doʻstligi” maydoniga 505 ta qorbobo jam boʻldi.

Ular 31 dekabrgacha Toshkentdagi 505 ta mahallada odamlarga bayram kayfiyatini ulashadi.

Bu tadbir “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkil etildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar boʻlimidan maʼlum qilishlaricha, qorbobo liboslari mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan tashkillashtirilgan.

© kun.uzSotni Korbobo vыshli na ulitsы Tashkenta
Besh yuzdan ortiq qorbobolar Toshkent koʻchalariga chiqishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sotni Korbobo vыshli na ulitsы Tashkenta

Bu liboslarda mahalla faollaridan biri yoki xodimlar kiyib, xonadonlarga bayram kayfiyatini ulashadilar.

“Mahallada Yangi yil” deb nomlangan loyiha davomida qorbobolar eng avvalo oʻz mahallalarida istiqomat qilayotgan 100 yoshdan oshgan keksalar, urush qatnashchilari, imkoniyati cheklangan fuqarolar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni yoʻqlaydilar.

Mahalla markazlari, uylar yonidagi dam olish maskanlarida qorbobolar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala