Siyosat

Oʻzbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlamadi

© Flickr / Patrick Gruban24 oktyabrya
24 oktyabrya - Sputnik Oʻzbekiston
BMT BA yigʻilishiga Qrimning harbiylashuvi hamda Qora va Azov dengizlari hududlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani Ukraina va 40 ta davlat delegatsiyasi bilan hammualliflikda koʻrib chiqish uchun kiritgan edi.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiya delegatlari Qrim, shuningdek Qora va Azov dengizlari hududlari harbiylashuvi toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar berdi BMT Yangiliklar markazi.

Ukrainskiye korabli, kotorыe bыli nakanune zaderjanы rossiyskiim pogranichnikami - Sputnik Oʻzbekiston
Video
FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

Qrim harbiylashuvi hamda Qora va Azov dengizlari hududlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani Ukraina boshqa 40 ta davlat bilan hammualliflikda koʻrib chiqish uchun kiritgan edi.

“Rossiya qoʻshinlarining Qrimda mavjud boʻlishi Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga zid va qoʻshni mamlakatlar va Yevropa mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga raxna soladi”. Unda “Rossiyaning bosib oluvchi mamlakat sifatida Qrimni harbiylashtirishni kuchaytirayotgani munosabati bilan” jiddiy xavotirlar kelib chiqadi”, - deyilgan rezolyutsiya matnida.

Mualliflar yaqinda Qora dengizda sodir boʻlgan holat tufayli qarama-qarshilikning zoʻrayib borayotganini taʼkidlashdi. 25 noyabr kuni Rossiya chegarasini buzgan Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uch kema qoʻlga olingan edi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani kemalarni hamda ularning ekipajlari va uskunalarini ozod qilish, shuningdek Ukrainaning Qora va Azov dengizlari, Kerch boʻgʻozidagi navigatsion huquq va erkinliklariga toʻsqinlik qilmaslikka chaqirdi. Hujjatda Rossiyaning Kerch boʻgʻozi orqali koʻprik qurgani ham qoralangan.

“Bosh Assambleya Rossiyadan qatʼiy ravishda bosib oluvchi mamlakat sifatida oʻz qurolli kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketish va zudlik bilan Ukraina hududini vaqtincha istilo qilishga barham berishga chaqiradi”, — deyilgan qabul qilingan rezolyutsiyada.

Mazkur rezolyutsiyani 66 ta mamlakat qoʻllab-quvvatladi, 19 ta davlat qarshi chiqdi. 72 ta delegatsiya betaraf qoldi. Armaniston, Belarus va Oʻzbekiston rezolyutsiyaga qarshi ovoz berishdi. Qozogʻiston va Qirgʻiziston delegatsiyasi betaraf qoldi. Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ovoz berishda ishtirok etmadilar.

Rossiya vakili Dmitriy Polyanskiy qabul qilingan rezolyutsiyani “Ukrainaning zararli harakati” deb atadi. Rossiya nuqtai nazaridan Qrimning tegishlilik masalasi uzil-kesil va tamomila hal etilganini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala