Siyosat

Putin AQShni ogohlantirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl  - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi yillarda Moskva va Vashington bir-birini RSMD shartnomasini buzganlikda muntazam ayblab kelmoqda. Rossiya shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlariga jiddiy amal qilib kelayotganini bayon etgan. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Larov Moskvaning AQShga amerikaliklarning oʻzlari ushbu shartnomani bajarayotganiga doir jiddiy savollari borligini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. AQSH oʻrta va kichik masofaga uchuvchi raketalar toʻgʻrisidagi kelishuvdan chiqsa, Rossiya oʻz xavfsizligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha choralar koʻradi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni.

Putin poshutil pro dollar - Sputnik Oʻzbekiston
Video
“Oyoqqa emas, sal teparoqqa oʻq otishmoqda”: Putin dollar haqida hazil qildi

"AQSH tomonidan shartnoma buzilishi holatida esa, men bu haqda omma oldida aytganman, va yana bir bor toʻgʻridan-toʻgʻri bayonot qilishni zarur deb hisoblayman, biz, xavfsizligimizni kuchaytirishga doir qoʻshimcha choralarni qabul qilishga majbur boʻlamiz", - dedi Putin RF Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yigʻilishida.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyi boshida AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo DRSMD shartnomasi shartlarini bajarish uchun Rossiyaning ikki oy vaqti borligi haqida bayonot qilgan edi. U, agar bu roʻy bermasa, Vashington DRSMD boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻxtatishini aytgan edi. Oʻz navbatida, AQSH Davlat kotibining xalqaro xavfsizlik va qurol-aslahalar nazorati boʻyicha oʻrinbosari Andrea Tompson AQSH Rossiyani 9M729 (SSC-8) raketasidan voz kechishga, yoki uning tizimini uchish masofasi DRSMD nizomlarini buzmaydigan qilib modifikatsiya qilishga chaqirishini aytgan edi.

Soʻnggi yillarda Moskva va Vashington bir-birini RSMD shartnomasini buzganlikda muntazam ayblab kelmoqda. Rossiya shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlariga jiddiy amal qilib kelayotganini bayon etgan. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Larov Moskvaning AQShga amerikaliklarning oʻzlari ushbu shartnomani bajarayotganiga doir jiddiy savollari borligini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala