Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni ortmoqda

© SputnikPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar soni ortdi. Biroq migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaydi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Rossiya fuqaroligini olgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni shu yilda 4 foizga o‘sdi va 239 mingdan ortiq kishini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yil yanvar-noyabr oylarida 239 mingdan ortiq kishi Rossiya fuqaroligiga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatgich 2017-yilga nisbatan 4 foizga ko‘proq. Chunki o‘tgan yil 229,6 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan edi.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘n besh nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2018 yilda qariyb 16,5 million kishi migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilgan. Bu ko‘rsatgich esa o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 11,5 foizga kam.

2018 yilda xorijliklarga berilgan vizalar soni ham oshdi. Yanvardan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt mobaynida xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qariyb 282 mingta viza berilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2017-yilning shu vaqtida qariyb 274 mingtaga yetgan edi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Migrantlar federatsiyasi Rossiyaga asosan MDH fuqarolari kelishini ma’lum qilgan. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari Rossiyaga kelishi bo‘yicha yetakchilik qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0