Sport

Samarqandda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi

© Natsionalnыy olimpiyskiy komitetChempionat Uzbekistana po boksu v Samarkande
Chempionat Uzbekistana po boksu v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston chempioni unvoniga sazovor boʻlish uchun turli mintaqalardan 277 nafar eng mohir charm qoʻlqop ustalari kurashishdi.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Samarqand shahrida boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmita matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi raqamli bokschilari ham ishtirok etishgan.

Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bahodir Jalolov raqibini 1-raundda nokautga uchratdi

8 vazn toifasida tashkil etilgan chempionat yakunlariga quyidagi sportchilar Oʻzbekiston chempioni unvoniga sazovor boʻlishdi:

-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov (Andijon)
-57 kg: Abdulhay Shorahmatov (Toshkent)
-63 kg: Alyor Noraliyev (Toshkent viloyati)
-69 kg: Bobousmon Baturov (Jizzax)
-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand)
-81 kg: Xurshid Abdullayev (Samarqand)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati)
+91 kg: Ulugʻbek Mubinov (Buxoro).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala