Toshkentda Wi-Fi dan foydalanish nuqtalari yanada ko‘payadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTochki dostupa Wi-Fi-interneta v publichnix mestax
Tochki dostupa Wi-Fi-interneta v publichnix mestax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyati kelgusi yilning bahoriga qadar Wi-Fidan foydalanish nuqtalar sonini 5000 taga qadar yetkazishni rejalashtirilgan.

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Toshkentda kelgusi yilning bahoriga qadar ularning sonini 5000 taga qadar yetkazish mo‘ljallangan, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Toshkent Markaziy Osiyoda internetdan foydalanishning umumshahar miqyosida simsiz va keng polosali tarmog‘iga ega birinchi shahar bo‘ladi.

Hozirgi paytda Toshkentda 1200 ta Wi-Fi dan foydalanish nuqtalari mavjud bo‘lib, kelgusi yilning bahoriga qadar ularning sonini 5000 taga qadar yetkazish mo‘ljallangan.

Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Turistlar O‘zbekistonda qanday muammolarga duch kelishmoqda

“2018 yilning yakuni internetdan simsiz foydalanish tarmog‘i yo‘lga qo‘yilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Asia Wireless Group kompaniyasi ushbu keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi. Yagona Wi-Fi tarmog‘i SOLA brendi ostida tashkil etildi. Endi Toshkent shahri aholisi va mehmonlar provayderning faoliyat olib borayotgan hududida internetdan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

SOLA tizimida internetdan pulli va bepul tarzda foydalanish nazarda tutilgan. Reklama rolikini ko‘rib bo‘lgandan so‘ng, internetdan bepul foydalanish mumkin.

Pulli tariflar trafik bo‘yicha cheklovlarsiz ishlaydi va yuqori darajadagi moslashuvchanligi bilan ajralib turadi: abonentga soatlik, kunlik, haftalik yoki oylik obuna taklif qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0