Hodisalar

“Tramadol”ga “oʻtirib” qolganlar: Toshkentda jinoiy guruh qoʻlga olindi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Noqonuniy preparatlar savdosiga aloqador olti kishi hisbga olingan.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkent shahar Chilonzor tumanida narkotik moddalar va ularning analoglarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanishda gumonlangan shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Zaderjaniye za vzyatku - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Xorazmda sudya pora bilan qoʻlga tushdi

Xabarda aytilishicha, IIBB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda 34 yoshli Mansur K. qoʻlga olingan. U tekshirilganda oldidan 138 quti “Tramadola Lannaxera” topilgan. Mansur K.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi beshinchi bandiga (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish”) binoan jinoiy ish ochilgan.

Jinoiy ish materialida keltirilishicha, Mansur bir oʻzi boʻlmagan, u bu ishni Behzod ismli tanishi bilan amalga oshirgan. “Tovar”ni Azizbek I. ismli shaxsdan olishgan.

Ular har uchchalovi navbatdagi uchrashuvi vaqtida IIBB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Soʻroq vaqti har uch shaxs aybini tan olgan va koʻp miqdorda “Tramadol” sotib urgurganini aytishgan. Hatto ularning faoliyatiga bir marotaba voyaga yetmagan shaxs ham jalb qilingan.

Chilonzor tumanida yashovchi 47 yoshli Qobil A. “Tramadol”ga “oʻtirib” qolgan boʻlib, u har kuni yangi “doza” izlagan va qidirganini Mansur K.dan sotib olgan. U doimiy xaridor boʻlib, puli boʻlmaganda ham Mansur Qobilga koʻp miqdorda dori beravergan. Qobil oʻz oʻrnida ortiqcha dorini qimmatroqqa sotgan va Mansurdan qarzini uzgan.

Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Haydovchiga nisbatan qoʻpollik qilgan YPX xodimiga nisbatan chora koʻriladi

Qobil shunday savdolarning birida “oʻzini himoyaga olish” uchun voyaga yetmagan oʻgʻli Abdurahmon S.dan foydalangan. Bola hech nimadan bexabar voqea joyiga kelgan va otasidan bir nechta qutidagi “Tramadol”ni olgan. Qobil xaridorlari oldiga borgan, barchasi joyida ekaniga amin boʻlgach, oʻgʻliga telefon qilib chaqirgan. Abdurahmon voqea joyiga yetib kelib, otasiga tabletkalarni bergach, IIBB xodimlari Qobilni hisbga olgan.

Noqonuniy preparatlar savdosiga aloqador olti kishi hisbga olingan.

Yangiliklar lentasi
0