Iqtisod

Ukraina qandolat mahsuloti Oʻzbekiston bozoriga qaytdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRossiya zapretila vvoz ukrainskoy produktsii
Rossiya zapretila vvoz ukrainskoy produktsii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston noyabrda Ukraina yuklarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni toʻxtatgandi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Oʻzbekiston 17 dekabr kunidan Ukraina qandolat mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni boshladi, deb xabar qildi “Ukrkondprom” uyushmasi matbuot xizmati.

“Hozir mahsulotlar bojxona rasmiytiruvidan oʻtmoqda”, - dedi uyushma prezidenti Aleksandr Baldinyuk. 

Shu vaqtga qadar tomonlar har kuni muzokaralar olib borishgan.

Baldinyuk yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramlari oldidan ushbu muammoni tezkorlik bilan hal qilinishi juda muhim boʻlganligini qayd etdi. Aynan shu vaqtda Ukraina qandolat mahsulotlarini eng koʻp eksport qiladi.

Noyabr oyida respublika Ukraina yuklarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni toʻxtatgandi.

Koʻpchilik buni Ukraina tomonidan Oʻzbekiston yengil avtomashinalarini importi boʻyicha boshlangan tekshiruv bilan bogʻliq deb oʻylashgan. Keyinchalik bu tekshiruv toʻxtatilganligi haqida maʼlum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala