Jamiyat

Rossiya prezidentining fuqarolikni berish boʻyicha vakolatlari kengaytirildi

Rossiyaga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtishiga koʻmak berish boʻyicha davlat dasturi ishtirokchilari uchun ham fuqarolik olish soddalashtiriladi.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Rossiya davlat dumasi Rossiya prezidentiga fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar toifasini aniqlash huquqini beruvchi qonun qabul qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Pasport RF - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni ortmoqda

Qurolli toʻqnashuvlar yoki siyosiy rejim almashinuvi yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi mamlakatlarda yashovchi rossiyalik vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishga imkon beradi.

Rossiyaga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtishiga koʻmak berish boʻyicha davlat dasturi ishtirokchilari uchun ham fuqarolik olish soddalashtiriladi. Bu xorijda yashovchi, Rossiyada vaqtinchalik yashash haqida ruxsatnoma yoki istiqomat guvohnomasini olgan kishilarga taalluqli.

Oʻn besh nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi˃˃˃

Xabarda aytilishicha, bu qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlashga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala