Hodisalar

Xorazmda sudya pora bilan qoʻlga tushdi

© Press-slujba GU MVD RF / Fotobankka oʻtishZaderjaniye za vzyatku
Zaderjaniye za vzyatku - Sputnik Oʻzbekiston
Urganch tumanlararo sudining sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. 2018 yil 11 dekabr kuni fuqaro M.E. Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash boʻyicha nizoli masalani hal qilishi evaziga 12 ming dollarini pora tariqasida talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Zaderjaniye za vzyatku - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent viloyati hokimligi amaldori pora bilan qoʻlga tushdi

Mazkur murojaatga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, sudya Z.I. fuqaro M.A.ning Urganch tumanida joylashgan turar-joyiga nisbatan mulk huquqini belgilash boʻyicha nizoli masalani rahbarlar bilan gaplashib, uning foydasiga hal qilib berish evaziga uning ishonchli vakili A.E.dan 12 ming dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻtkazilgan tadbir yuzasidan toʻplangan hujjatlar asosida 2018 yil 14 dekabr kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 70- moddasiga muvofiq holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala