Litsenziya ololmayotgan San Jay Shavkat Mirziyoyevga video murojaat tayyorladi

Obuna bo‘lish
Xonanda "O‘zbekkonsert" direktori va mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga video murojaat tayyorladi.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Qo‘shiqchi San Jay Facebookdagi sahifasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va "O‘zbekkonsert" davlat uyushmasi direktoriga video murojaat tayyorladi.

Pevitsa Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Har bir qo‘shig‘imga javob beraman, sen esa soqolingni yig‘ishtir: San Jayga videomurojaat

"Hurmatli Odil aka (O‘zbekkonsert rahbari, - tahr.), siz o‘zingiz menga telefon qildingiz. Keling soqol bilan bo‘lsa ham, litsenziya olishga yordam beramiz, deb aytdingiz. Mana bir oy vaqt o‘tdi, menga hech kim telefon qilmadi. Men telefon qilsam, trubkani hech kim ko‘tarmayapti. SMS yozsam javob bermaysiz. Timati, Djeyson Derulo va boshqa chet eldan kelgan artistlar konsert berishmoqda. Ularning qo‘shiqlarida so‘kinishli so‘zlar ham bor. Lekin ularga hamma narsa mumkin. Mening qo‘shiqlarimning birortasida so‘kinishli so‘zlar yo‘q. Hammasi senzura bo‘yicha chiroyli aytilgan", - degan San Jay.

Qo‘shiqchi litsenziya olishi sababini "xalqi, vatani uchun xizmat qilish va soliqlarni to‘lab, hech kimdan qarz bo‘lmay budjetni to‘ldirish" deya izohlagan. Qo‘shiqchi prezidentdan litsenziyani olishga yordam berishni so‘ragan.

"Haqiqat bo‘lishini juda xohlayapman, boshqa hech narsa kerak emas. Men ishlamoqchiman, o‘zbek xalqini xursand qilmoqchiman. Yaqinda bizning qo‘shiqlarimizni butun dunyo tinglaydi, agar ozgina yordam bersangiz”, - degan xonanda.  

Keyinchalik, 19-dekabr kuni San Jay o‘z sahifasida yana bir videomurojaat joylashtirdi.

Unda San Jay “O‘zbekkonsert” rahbari bilan uchrashganligi va litsenziya masalasi hal bo‘lganligini ma’lum qildi.

Ushbu masala bo‘yicha qo‘shiqchi San Jay O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Bir kun ham o‘tmadi, hamma narsa chiroyli hal bo‘ldi. Biz O‘zbekiston fuqarolari harakat qilishimiz kerak - bizning vatanimiz dunyo miqyosida doim birinchi bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘i Amerika, Yevropa hamma joyda birinchi o‘rinda turishi kerak”, - dedi qo‘shiqchi.

Shuningdek, u tez kunda "O‘zbekkonsert" boshchiligida reperlar uchun konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0