TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining Twitterdagi sahifasida Suriyada ISHID ustidan toʻliq gʻalaba qozonilganini eʼlon qildi.
“Biz Suriyada ISHID ustidan gʻalaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda boʻlishimizning yagona sabab shu edi”, deb yozdi Amerika yetakchisi.
Shu bilan birga, AQSH ushbu mamlakat hududida hamkorlar bilan ishni davom ettirishga hozir. Bu haqda AQSH Suriya hududidan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketayotgani haqidagi xabarga izoh bergan polkovnik Rob Mening maʼlum qilgan.
Chorshanba kuni ertalab Amerika OAVlari AQSH Qurolli kuchlari oʻz harbiy qismlarini Suriyaning shimoli-sharqiy qismidan toʻliq olib chiqish uchun tayyorgarlik koʻrmoqda, deya xabar berishgan edi.
Qurolli nizo Suriyada 2011 yildan buyon davom etmoqda. Rossiya vaziyatni tinchlik yoʻl bilan hal qilishga harakat qilmoqda.