XTV qish vaqtida oʻquvchi qizlarning shim kiyishiga ruxsat berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye migrantov russkomu yazыku
Obucheniye migrantov russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda yagona maktab formasi 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab majburiy hisoblanadi

TOSHKENT, 20 dek - Sputnik. Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligi qish vaqtida maktab oʻquvchilari(qizlar)ning shim kiyishiga qarshi emas. Xalq taʼlimi vazirligi telegramm kanalida bu haqda xabar qilinmoqda.

Variant shkolnoy formы  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yagona maktab formasi qabul qilindi

2018 yil tasdiqlangan "Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra, davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi" nizomning 8-bandiga koʻra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos (klassik bichimdagi) shim kiyishga ruxsat beriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarning davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0