TOSHKENT, 20 dek - Sputnik. Qorbobo libosidagi ikki erkak Odessa shahri(Ukraina)da archa tagidagi joyni boʻlisha olmay, kim haqligiga musht bilan oydinlik kiritishga qaror qilishdi.
Tasodifiy yoʻlovchi tomonidan tasvirga olingan videoda omadi chopgan Qorbobo mijozlar bilan suratga tushayotganini, boshqa Qorbobo esa undan bu joyni boʻshatib qoʻyishini talab qilayotganini koʻrish mumkin.
Shundan soʻng Qor bobolar oʻrtasida dahanaki jang boshlanib, haqiqiy mushtlashishga aylanib ketadi.
Ulardan biri egnidagi libosi yechib, koʻkragini mushtlab, raqibini jangga chorlaydi. Yoʻlovchilar esa ulardan bas qilishlarini va atrofda yosh bolalar borligi aytib, tinchlantirishga urinadilar. Videoda hayratda qolgan yosh bolalar yigʻisini ham eshitish mumkin.