Toshkentda katta miqdorda kontrabanda mobil telefonlari ushlandi

© Press-slujba GTK RUzMobilnie telefoni izyatie tamojennoy slujboy Uzbekistana vo vremya proverki
Mobilnie telefoni izyatie tamojennoy slujboy Uzbekistana vo vremya proverki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 361 dona yangi uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Toshkentda savdo majmualaridan birining avtoturargohida to‘xtatilgan avtomashina ichida katta miqdorda kontrabanda mobil telefonlari borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Xorij avtomobillaridan bojxona to‘lovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

Xabarda aytilishicha, fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib,  xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 361 dona yangi uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi. 

Yuk egasi bo‘lgan fuqaro M.X. dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati salkam 567 million so‘mni tashkil etgan ushbu uyali telefon apparatlariga tegishli hech qanday hujjatlarni taqdim eta olmadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0