Hodisalar

Ellikqalʼadagi yongʻin oqibatida toʻrt kishi qurbon boʻldi

Yongʻinga toʻrtta oʻt oʻchirish ekipajlari jalb etilgan

TOSHKENT, 21 dek – Sputnik.  Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa tumanida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV YOXBB matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, yongʻin oqibatida uyning tomi, shifti va uy jihozlari hamda "VAZ 2106 Jiguli" rusumli mashina zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta oʻt oʻchirish ekipajlari jalb etilgan.

Oʻtni oʻchirish vaqtida bino ichidan shu uyda yashagan toʻrt fuqaroning kuygan jasadlari topilgan.

Yongʻin kelib chiqishi sababi nomaʼlum.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala