Endi Uzcard kartalarni bankomatlar orqali naqd pul bilan to‘ldirish mumkin

© UzStandartBankomat
Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cash-in va Cash-out funksiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Endi Uzcard egalari o‘z plastik kartalarining hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirish uchun unga xizmat ko‘rsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

“NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartangizni mustaqil ravishda pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni yaratilgani, uning qulayligidan biridir”, - deyilgan xabarda.

Cash-in va Cash-out funksiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
MB o‘zbekistonliklarning soliq bo‘yicha qarzlarini plastikdan undirishga qarshi chiqdi

Xabarda aytilishicha, valyutalar kursi esa, komissiya to‘lovlarisiz ushbu bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi.

Bankomatlarga quyidagi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda:

- Agrobank;

- Xalq banki;

- Ravnaq-bank;

- KDB;

- Hi-Tech bank.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda valyutani komissiyasiz konvertatsiya qiladigan bankomatlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0