Hodisalar

Islom Karimovning sobiq xos soqchisi hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston birinchi prezidentining sobiq xos soqchisi va Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, general-mayor  Muidjon Tohiriy qoʻlga olindi. Bu haqda "Xalq soʻzi" nashri Bosh prokuratura maʼlumotiga tayanib xabar qildi.

Zamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Erkin Yoʻldoshev Gulnora Karimova ishi, prokuror nazorati va tizimdagi oʻzgarishlar haqida

Xabarda aytilishicha, hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtayi nazaridan boshqa maʼlumotlar keltirilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Tohiriy Oʻzbekiston prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatini boshqargan. Uning soʻngi ish joyi Davlat bojxona qoʻmitasi boʻlib, 2016 yil 20 dekabrida rais etib tayinlangan va 2018 yil 12 fevralda ishdan boʻshatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala