Mirziyoyev afv etgan shaxs: endi faqat halol mehnat qilaman

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishTurma.
Turma.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida prezident tomonidan avf etilganlarni ishga joylashtirish ishlari boshlab yuborilgan

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Giyohvand modda savdosiga aralashib qolib, ozodlikdan mahrum etilgan va prezident tomonidan afv etilgan shaxs endilikda faqat jamiyat rivoji yo‘lida halol mehnat qilishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik O‘zbekiston
"Islohotlar, sudyalar va pensiya": Mirziyoyev Konstitutsiya bayramida nimalar haqida gapirdi

Afv etilgan U.Hamdamov 3 nafar farzandning otasi.

"Inson uchun oila, farzandlar oldida bo‘lishdek aziz ne’mat yo‘qligini angladim. Uyga qaytishim bilan qo‘shaloq bayramlar boshlanib ketdi. Yaqinda to‘ng‘ich qizimni turmushga berapman. Yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlar menga ana shunday baxtni hadya etdi. Ishga joylashish uchun yo‘llanma oldim. Endi faqat oilam va jamiyatimizning rivoji yo‘lida halol mehnat qilaman", - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda maxsus farmonni imzolaganini, unga ko‘ra, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 136 nafar shaxs afv etilganini aytgan edi.

Prezidentning ana shu farmoniga asosan, 15 nafar samarqandlik jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan.

Samarqand viloyat hokimligi huzuridagi muqaddam sudlanganlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish markazi rahbari o‘rinbosari Abduxalil Jabborovning ta’kidiga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun pasporti bo‘lganlariga eng kam oylik ish haqining 5,5, pasporti yo‘qolgan va birinchi marta olayotganlariga 6 baravari miqdorida (jami 17 million 28 ming so‘m) ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Ularning barchasi joylardagi tibbiy muassasalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, afv etilgan shaxslarning ishga joylashishi uchun mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0