Nurafshon shahrida yuqori servisga ega multibrend avtosalon ochildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAvtomobil Chevrolet Tracker
Avtomobil Chevrolet Tracker - Sputnik Oʻzbekiston
Avtosalonda avtosugʻurta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar koʻrsatiladi. Qoʻshimcha qulaylik sifatida avtosalonda bank filiali ochilgan.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. 20 dekabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi GM Uzbekistan matbuot-xizmati.

Avtomobil Chevrolet Tracker - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Chevrolet Tracker"ning narxi va savdo joyi maʼlum qilindi

Mazkur zamonaviy avtosalonning vazifasi OʻzAvto kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, katta yuk texnikalari hamda ehtiyot qismlarini sotish, shuningdek ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat koʻrsatish sanaladi.

Zamonaviy multibrend avtosalonning shourumida doimiy ravishda "GM Uzbekistan", "SamAvto", "JV MAN Auto – Uzbekistan" hamda "UzAuto Trailer" kabi milliy avtosanoat korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari doimiy ravishda taqdim etiladi.

Bundan tashqari avtosalonda avtosugʻurta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar koʻrsatiladi. Qoʻshimcha qulaylik sifatida avtosalonda bank filiali ochilgan.

Tadbirda 10 dekabr kuni sotuvi boshlagan yangi model, Tracker avtomobilining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xabarga koʻra, kompaniya qisqa muddatlarda 1000 dan ortiq yangi modeldagi avtomobillarni sotgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAvtomobil Chevrolet Tracker
Nurafshon shahrida yuqori servisga ega multibrend avtosalon ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtomobil Chevrolet Tracker

Eslatib oʻtamiz, mazkur modelni yirik uzelli yigʻish ishlari GM Uzbekistanning Toshkent shahridagi filialida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala