TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzining yillik matbuot-anjumani davomida qachon uylanmoqchi ekanligini maʼlum qildi.
"Har qanday vijdonli inson singari qachondir uylanishim kerak", - deya javob berdi prezident jurnalistlardan birining savoliga.
Rossiya yetakchisining OAV vakillari bilan savol-javobi hazilsiz kechmadi.
"Qachon uylanishi" haqida savol bergan jurnalistga javob qaytarar ekan, Putin yigitdan oilali-oilali emasligi toʻgʻrisida soʻradi.
Tasdiq javobni olgach: "U uylangan va meni ham oʻzidek boʻlishimni xohlayapti”, - dedi kulib.
Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Vladimir Putin oʻz rafiqasi Lyudmila Putina bilan ajrashgan. Ularning nikohlari 30 yil davom etgan va juftlikning ikki qiz farzandlari bor.