Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini yana bir yengilmas bokschiga qarshi o‘tkazadi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser iz Uzbekistana Shoxjaxon Ergashev
Bokser iz Uzbekistana Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Foks amerikalik bokschi va professional boksda 19 marotaba ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblarini taslim etgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Professional bokschi Shohjahon Ergashev 2019-yilning 23-fevralida Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Chempionat Uzbekistana po boksu v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi sifatida amerikalik yengilmas Maykl Foks ringga ko‘tariladi.

Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Uning raqibi Maykl Foks esa 19 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

O‘zbekistonlik nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini himoya qiladi˃˃˃

Yangiliklar lentasi
0