Siyosat

Toliblar Afgʻonistonda gʻalaba qozonib boʻlmasligini tan olishdi

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Ular vaziyatning harbiy yechimi yoʻqligini tan olishdi va AQSH hukumati va vakillari bilan uchrashuv oʻtkazishga tayyorlar.

TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. "Tolibon" harakati Afgʻonistondagi vaziyatning harbiy yechimi imkoni yoʻqligi va gʻalaba qozonib boʻlmasligini tan oldi, deb xabar qildi RIA Novosti AQSH davlat kotibining Afgʻonistondagi maxsus vakili Zalmay Xalilzod bayonotiga asosan.

"Biz muammoni hal qilish uchun avvalo AQSH bilan va keyin Afgʻonistan huqumati bilan uchrashuv oʻtkazishimiz kerak”, - deya jurnalistlarga tolibonlardan iqtibos keltirgan Xalilzod.

Ni yedы, ni vodы: kak jivut afganskiye bejentsы v lagere pod Kabulom - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻon qochoqlari lageridan shok-video

Abu-Dabidagi toliblar bilan oʻtkazilgan muzokaralarda AQSH, BAA, Saudiya Arabistoni va Pokiston vakillari ishtirok etishgan. Shuningdek, Afgʻoniston hukumati delegatsiyasi kelgan, u "yopiq muzokaralar"ga tayyorgarlik koʻrgan edi, biroq toliblar bu taklifni rad etishgan. Ushbu uchrashuvda tomonlar Af-onistonda uch oylik tinchlik oʻrnatish masalasini muhokama qilganlar.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistondagi tinchlik oʻrnatish masalasi Oʻzbekiston tashqi siyosatining faol yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bunday boʻlishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan bir necha xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtdi. Ulardan eng muhimlaridan biri - noyabr oyida Afgʻoniston tinchlik oʻrnatish boʻyicha Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi boʻldi. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra ushbu komissiya Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda muhim rol oʻynashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala