Jamiyat

Tuya boʻlmang: Qirgʻizistonda tupurganlar jarima toʻlaydi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishMusornыe konteynerы
Musornыe konteynerы - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonda madaniyatsiz fuqarolar jazolanadigan boʻldi. Xususan, jamoat joylarida tupurganlar yoki chiqindi yoqqanlar katta miqdorda jarima toʻlaydilar

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Qirgʻiziston poytaxtida 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamoat joylarida tupurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

"Qirgʻizistonda 2019 yil 1 yanvardan shahar obodonchilik qoidalarini buzganlik uchun katta miqdorda jarima nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yangi kodeks amal qilishni boshlaydi", deya xabar qilgan Bishkek shahar hokimligi matbuot xizmati.

V operatsionnom bloke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Oʻrdak lablar" uchun 74 darra: Eron plastik jarrohlik ixlosmandlarini jazolamoqchi

Yangilangan hujjatga "Tupurish" bandi kiritilgan. Mazkur bandga binoan quyidagi jarima miqdori nazarda tutilgan: jismoniy shaxslarga nisbatan – 5,5 ming qirgʻiz somi (78 dollar), yuridik shaxslarga nisbatan – 17 ming qirgʻiz somi (243 dollar).

Shuningdek, xazon yoqish uchun ham jarima miqdori jismoniy shaxslarga nisbatan 7,5 ming (107 dollar) va yuridik shaxslarga nisbatan 23 ming qirgʻiz somgacha (329 dollar) (avval 10 ming (143 dollar) edi) oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala