Toshkentda yangi yil oqshomida sirk va lazerli shou namoyishi kutilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovogodnyaya programma v Tashkente
Novogodnyaya programma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonning bosh archasi Istiqlol ko‘chasidagi maydonchada joylashtirildi. Yangi yil dasturi bu yil o‘zgacha bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari ssenariysi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Podgotovka Tashkenta k prazdnovaniyu Novogo Goda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning bosh archasi yangi joyga o‘rnatilmoqda

Bu yil Toshkentning bosh archasi Istiqlol ko‘chasidagi maydonchada joy oldi. Bosh archa atrofida chor tomondan kichik archalar va boshqa attraksionlar o‘rnatilgan. Istiqlol ko‘chasi bayramona ruhda bezatilgan va ko‘chaning ikki tomonidan savdo rastalari o‘rin olgan.

Archani o‘rnatish ishlari 16-dekabrgacha yakunlanishi va 20-dekabrdan Yangi yil tadbiri o‘tkaziladigan maydon barcha uchun ochiq bo‘lishi kutilgan edi. Ammo tayyorgarlik ishlari bugunga kelib ham davom etmoqda.

E’lon qilingan ssenariyga ko‘ra, bayram dasturidan musiqiy chiqishlar, spektakl namoyishi, estrada yulduzlari ijrosi, sirk, nurli va neonli shou va hatto bolajonlar uchun multfilm namoyishi o‘rin olgan.

Dasturga ko‘ra, yangi yil tadbiri 22.00da yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0