Toshkentda ulkan charxpalak foydalanishga topshirildi - video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKoleso obozreniya v Tashkente
Koleso obozreniya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Charxpalak ajoyib chiroq va o‘ziga xos illyuminatsiya bilan bezatilgan.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida Markaziy Osiyoda eng baland “Anhor yulduzi”charxpalak foydalanishga topshirildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Attraksionning balandligi 72 metr.

Bir vaqtning o‘zida 272 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan charxpalakning to‘la aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi. Uning ichida 40 ta oddiy va 8 ta vip kabinkalari bor.

Charxpalak ajoyib chiroq va o‘ziga xos illyuminatsiya bilan bezatilgan.

Shu bilan birga, bog‘ hududida 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh ham qurildi.

Yangiliklar lentasi
0