Toshkent viloyatida qora niqob taqib ayol kishini pichoqlagan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Maktab o‘quvchisi sal kam 300 ming so‘m puli va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘rta maktab o‘quvchisi S.A.  ayolning uyiga bostirib kirib, unga pichoq bilan jarohat yetkazdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston
Qarshilik ayol bir oylik qizalog‘ini 10 million so‘mga sotishga urindi

Xabarda aytilishicha, 22-dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi, S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ayol)ning uyiga bostirib kirib, uni kurak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazib, 294 ming so‘m pul va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0