O‘zbekiston va Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

© Flickr / ResoluteSupportMediaMost "Drujbi" cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana
Most Drujbi cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston va Tojikiston chegara qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qilindi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston chegara qo‘shinlari birinchi qo‘shma harbiy kengash yig‘ilishini o‘tkazishdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Komanduyushiy pogranichnimi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on chegarasida O‘zbekiston qanday himoyalangan – Ruslan Mirzayev terrorizm tahdidi haqida

Yig‘ilish 21-22 dekabr kunlari So‘g‘d viloyatining Gulistonida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Tojikiston chegara qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Radjabali Raxmonali va O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Ruslan Mirzayev va chegara qo‘shinlari boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

Harbiy kengashda Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston chegara qo‘shinlari 2019-yil uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqishdi.

Hujjatning asosiy maqsadi - mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda davlat chegarasini himoya qilishdir.

Yangiliklar lentasi
0