Shavkat Mirziyoyev IIV bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqladi

© GUVD TashkentaEmblema Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Emblema Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqladi.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqladi.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIV ichki ishlar xodimlari kuniga bag‘ishlab video suratga oldi

Prezident farmonida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayrog‘i to‘q kulrang to‘g‘riburchakli matodir.

Bayroqning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi emblemasi tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining geraldik belgisi – emblemasi tavsifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi geraldik belgisi – emblemasi chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali to‘q kumush aylana ko‘rinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yo‘l-yo‘l chiziq tushirilgan.

Halqali chiziqning tepa qismida bronza rangli to‘g‘ri bosma harflarda lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.

Aylana o‘rtasida Amir Temur qo‘shinlari tomonidan foydalanilgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira ichiga chizilgan o‘ngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma bo‘lib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon chetlari milliy ornament bilan bezatilgan.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Qalqon ortida – tig‘i pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir – kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Shamshirlarning dastasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari – qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikni ifodalovchi to‘rtta hoshiyadan iborat.

Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan. Bunday joylashuv mamlakatda tinchlik va osoyishtalik himoyalanganligini, ichki ishlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilishini ifodalaydi.

Yangiliklar lentasi
0