O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir kunda 20 mingdan ziyod fuqaro kesib o‘tmoqda

© © Sputnik / Amir IsayevTaksisti na granitse mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom, arxivnoe foto
Taksisti na granitse mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston prezidenti 2018-yilda eng katta gumanitar masalaning yechimini topdi. Ochiqlik va do‘stona munosabatlar asosida qurilgan siyosat tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasini 20 mingdan ziyod fuqaro kesib o‘tmoqda", dedi TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida imzolangan "Chegara to‘g‘risida"gi kelishuvdan so‘ng ikki mamlakat chegarasini kesib o‘tuvchilar soni ortgan. Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir sutkada 20 mingdan ziyod fuqaro kesib o‘tmoqda.

Most Drujbi cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan "Davlat chegarasi to‘g‘risida"gi kelishuvi tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 16ta KPPlar ishlab turibdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tuvchilar soni esa bir sutkada 20 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Shanba-yakshanba kunlari esa bu ko‘rsatkich yanada ortadi.

"Davlat chegaralarini kesib o‘tish masalasi yaqin-yaqinlarga qadar eng katta gumanitar masalalardan biri edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan ochiqlik va do‘stlikka asoslangan siyosat tufayli chegara oldi masalalariga yechim topildi", - deb qayd etdi Ne’matov.

Chegaralarning ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy jarayonlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgani qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston va Markaziy osiyo davlatlari o‘rtasida joriy yilning 9 oy davomida tovar ayriboshlash ko‘rsatkichi o‘rtacha o‘sishi 50%dan ortiqni tashkil etgan.

"Shu paytga qadar qo‘shni mamlakatlar bilan tovar ayriboshlash hajmi 100 million dollardan oshmagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev esa bizning oldimizga Tojikiston bilan tovar ayriboshlashni milliard dollarga yetkazish topshirig‘ini qo‘ygan va biz hozirda shu masala ustida ish olib bormoqdamiz", - deb ma’lum qildi diplomat.

Yangiliklar lentasi
0