Qoraqalpog‘istonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

© pixabayShakal
Shakal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shoqollar uy hayvonlari – tovuqlar, qo‘y-echkilarga tez-tezdan hujum qilishmoqda. Bu bo‘yicha hali hech qanday rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Begjap OFY hududida shoqollar qishloqda yashovchilarga tashlangan. Fuqaro Yusup Qurbanov va Anvar Joldasbayevga shoqol tashlanib, tishlab olgan. Natijada ikki fuqaro hozirda Shumanay tumani tibbiyot birlashmasida quturish kasalligiga qarshi davolanmoqda. “Darakchi” nashri xabariga asosan.

Shuningdek, yuqoridagi ikki kishidan tashqari Shumanay tumanidagi Qarabayli OFYda quturgan shoqol qishloqda yashovchi ayolga ham tashlanib, tishlab olgan. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Tekshirish natijasida shoqolning quturgani aniqlangan. Bu haqda Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari Ni’omjon Allaniyazov ma’lumot bergan.

Shoqol - Sputnik O‘zbekiston
Chiyabo‘rilar endi Toshkentga hujumga o‘tgan

Ma’lumotda aytilishicha, tuman hokimiyati ovchilar guruhini tuzib, quturgan shoqollarni otishni topshirgan. Bundan tashqari, agar kimda-kim shoqolni otib o‘ldirsa 50 ming so‘m va’da qilingan.

Shumanayda shoqol bilan bog‘liq yoqimsiz voqea o‘tgan yil ham kuzatilgandi. O‘shanda tumanning Do‘stlik bayrog‘i va Dexqonobod OFYlarda bir guruh bolalarni qashqirlar talagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Shoqollar uy hayvonlari – tovuqlar, qo‘y-echkilarga tez-tezdan hujum qilishmoqda. Bu bo‘yicha hali hech qanday rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0