O‘ttiz ikki yil jinsiy qullikda bo‘lgan argentinalik ayol qutqarildi

CC0 / pixabay / Jenshina obnimayet nogi. Illyustrativnoe foto
Jenshina obnimayet nogi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Argentinalik ayol 1987-yilda, uning yoshi 13 bo‘lganda o‘g‘irlab ketilgan.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Argentinalik ayol 32-yil Boliviyada jinsiy qullikda bo‘lgan, deb xabar qildi mahalliy Clarin xabarlar portali.

Vid s naberejnoy na peshexodnuyu ulitsu v Ispanii - Sputnik O‘zbekiston
Trassada harakatlanayotgan vaqtda mashinada jinsiy aloqa qilgan haydovchiga chora ko‘riladi

Argentinalik ayol 1987-yilda, uning yoshi 13 bo‘lganda o‘g‘irlab ketilgan.

Nashr manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, u singlisi bilan Boliviyaga ketadi: ularni 50 yoshli erkak ishlash uchun chaqirgan. O‘sha vaqtda bu erkak katta opasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Uch oydan so‘ng singlisi yigit bilan urushib qoladi va Argentinaga qaytib ketdi. Biroq u qarindoshini o‘zi bilan olib keta olmaydi. Erkak ularni aldab, Boliviyadagi fohishalar uyida ishlashga majbur qilganligini aytadi.

2014 yilda qidiruv ishlari jadallik bilan boshlanadi. Hozirda ayolning yoshi 45 da. U 9 yoshli o‘g‘li bilan Bermexo shahrida topiladi.

Hozirgi vaqtda ozod qilingan ayol o‘z oilasi bilan birga.

Xalqaro mehnat tashkiloti e’lon qilgan tadqiqot ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2016-yilda 40 millionga yaqin kishi qullikda, 152 million bolalar majburiy mehnat qilmoqda.

O‘zbekistonda "jinsiy qullik"ka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Tadqiqotga ko‘ra, 40 million kishi qullikda saqlanmoqda, 25 million kishi majburiy mehnat qilmoqda, shuningdek 15 million kishini turmushga chiqishga majburlanmoqda.

Umumiy hisobdan 71 foiz yoki tahminan 29 million kishi - ko‘pi ayollar va qizlar ozodlikda emas. Ular deyarli barchasi tijorat jinsiy qullikka jalb qilingan.

Yoshi 5-17 bo‘lgan 152 million bolalar majburiy mehnat qilmoqda. Bolalar mehnati asosan qishloq xo‘jalik sohasida foydalanilmoqda. Bolalarning eng ko‘pi Afrika qit’asida ishlamoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0