Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yilni qanday kutib olishadi

© Sputnik / Andrey Iglov / Mediabankka o‘tishShar na novogodney yelke
Shar na novogodney yelke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuhamedov hamma joyga nevarasi bilan boradi, Nursulton Nazarboyev esa har yili Olma-Ota tomon yo‘l oladi.

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Markaziy Osiyo yetakchilari Yangi yil bayramini asosan oila davrasida kutib olishadi, deb yozadi "Kommersant’" nashri.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘p joylarga sevimli nevarasi Kerimguli bilan boradi. Kuni kecha Yangi yil oldidan uyushtirilgan tadbirda bilan ishtirok etib, nevarasi yozgan qo‘shiqni birgalikda ijro etishdi.

Qozog‘iston davlat rahbarining qizi Dariga Nazarboyeva so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil kechasida oilaning barcha a’zosi birga yig‘iladi. Ular Yangi yilni kutib olish uchun prezidentning Olma-Otadagi uyiga tomon yo‘l olishadi.

“Ya’ni qozog‘istonliklarni hayratga soluvchi biror narsa yo‘q. Biz ham boshqa oilalar singari oddiy oila va odamlarmiz, xursandchilik qilamiz, birga yig‘ilishni yaxshi ko‘ramiz. Va albatta oyimiz tayyorlagan beshbarmoqni yeymiz”, - deydi Qozog‘iston prezidenti qizi.

Qirg‘iziston yetakchisi Sooronbay Jeenbekov ham bayramni oila davrasida kutib olish tarafdorlaridan. U 2018-yilda Yangi yilni birinchi marta mamlakat rahbari sifatida kutib olgandi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2016-yilning oxirida uni rafiqasi bilan birgalikda  "Safed Dara” kurortida chang‘i uchayotganini ko‘rishgan. O‘tgan yili esa u tojikistonliklarga tabrik yo‘llash bilan kifoyalangandi.

Prezidenti Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlangandi, kelayotgan bayramni qanday kutib olishi to‘g‘risidagi rejalari hozircha ma’lum emas.

Qo‘shni mamlakat davlat rahbarlaridan farqli o‘laroq ommaviy yangi yil bazmlarida ishtirok etmaydi. O‘zidan oldingi vazifadoshlari hamda boshqa davlat hamkasblari singari, u Yangi yil kechasida fuqarolarga murojaat qilib, tabrik yo‘llaydi.

Yangiliklar lentasi
0