Turkiya o‘zida ishlab chiqarilgan birinchi aviabombani sinovdan o‘tkazdi

© Foto : Ministry of Industry and Technology Aviabomba MK-84 na baze HABRAS, Tursiya
Aviabomba MK-84 na baze HABRAS, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada MK-84 rusumli o‘zida ishlab chiqarilgan birinchi aviabombani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Turkiyada MK-84 o‘z ishlab chiqarilgan birinchi aviabombani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti Turkiya sanoat va texnologiya vazirligiga asosan xabar qildi.

“HABRAS bazasida MK-84 o‘z ishlab chiqarilgan birinchi aviabombani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Sinovni Turkiya sanoat va texnologiya vazirligi rahbari Mustafa Varank kuzatib bordi. Aviabomba vazni bir tonna bo‘lgan aviabomba tovush tezligidan 1,5 baravarga oshib, qalinligi bir metr bo‘lgan beton va po‘lat bilan mustahkamlangan nishonni yorib o‘tdi”, - deyilgan xabarda.

HABRAS sinov bazasi Konya provinsiyasining Karapinar tumanida oktabr oyi yakunida Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an ishtirokida ochilgan.

Ushbu baza Turkiyada ishlab chiqarilgan va xorijda sotib olingan qurollarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0