Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli bo‘ldi

© AFP 2023 / PATRICK LINNovorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonlik ayol bolani sun’iy urug‘lantirish emas, balki o‘zi dunyoga keltirgan eng keksa ayolga aylandi.

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Hindistonlik ayol ikkinchi bor 65 yoshida farzandli bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail ga asosan.

Uzbekistansi vo vremya prazdnika - Sputnik O‘zbekiston
Jamoatchilik fikri: ideal oila bo‘lish uchun necha farzand bo‘lish kerak?

Shu tariqa, hindistonlik ayol bolani sun’iy urug‘lantirish emas, balki o‘zi dunyoga keltirgan eng keksa ayolga aylandi.

Tug‘ruqxona shifokorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ona va bola sog‘-salomat. Yaqinda ularga uylariga javob berishadi.

 “Hindistonda odatda ayollarda menopauza o‘rta hisobda 47 yoshda boshlanadi. Shundan keyin ularda farzand ko‘rish imkoniyati qolmaydi. Biroq bu kamdan-kam uchraydigan holat”, - dedi tug‘ruqxona shifokori Shabira Sidiki.

Nashr ma’lum qilishicha, tug‘ilgan chaqaloq otasining yoshi esa 80 da.

Sakkiz yil oldin ular oilasida birinchi farzand dunyoga kelgan.

Hozirgi vaqtda eng keksa ona hindistonlik ayol hisoblanadi, u 2016-yilda 72 yoshida farzandli bo‘lgan, biroq tug‘ruq sun’iy urug‘lantirish yordamida amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0